Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Forbes 2020 yilning eng qimmat brendlarini ma’lum qildi
30.07.2020 14:46,  
473

Forbes jurnali dunyoning eng qimmat 100 ta brendlari ro‘yxatini yangiladi.

100 ta brendning umumiy bahosi $2,33 trln.dan $2,54 trln.ga ko‘tarildi. Ushbu brendlarning yarmi AQShda joylashgan. Undan tashqari yapon (6 ta brend), nemis (10), fransuz (9) va shveysar (5) brendlari joy olgan.

Brendlarning aksariyati IT sohasida (20 ta), moliyaviy xizmatlar (14), avtosanoat (11) sohalarida xizmat ko‘rsatmoqda.

Dunyodagi 10 ta eng qimmat brend:

  1. Apple — $241,2 mlrd (+17%);
  2. Google — $207,5 mlrd (+24%);
  3. Microsoft — $162,9 mlrd (+30%);
  4. Amazon — $135,4 mlrd (+40%);
  5. Facebook — $70,3 mlrd (-21%);
  6. Coca-Cola — $64,4 mlrd (+9%);
  7. Disney — $61,3 mlrd (+18%);
  8. Samsung — $50,4 mlrd (-5%);
  9. Louis Vuitton — $47,2 mlrd (+20%);
  10. McDonald's — $46,1 mlrd (+5%).

Eng tez o‘sayotgan brendlar. Bir qancha brendlarning reytingdagi pozitsiyalari yakunlangan moliyaviy yildagi ahvoliga qarab ko‘tariladi yoki tushadi. Bu yilgi reytingda Visa (25 o‘rindan 18 ga), Adidas (61 dan 51 ga), Netflix (38 dan 26 ga) brendlari o‘rni ko‘tarildi.

Reytingga "yangi kelganlar". Bu yilgi top-100 likka bir qator yangi brendlar qo‘shildi. Nintendo, Hennessy, Burger King va AXA shular jumlasidandir. Hewlett Packard (HP) Enterprise va Kellogg's esa aksincha ro‘yxatdan chiqib ketdi.

Koronavirusdan keyingi brendlar. Kelasi yilgi top-100 reyting avvalgilaridan keskin farq qilishi mumkin. Chunki koronavirus va iqtisodiy inqiroz dunyodagi eng katta va eng kichik kompaniyalarga ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda. 2019 yilda o‘sishni qayd etgan kompaniyalar Amazon, Netflix, PayPal onlayn-savdo, striming va to‘lov tizimlariga bo‘lgan talabning ortishi natijasida pandemiyadan keyin yanada qimmatroq bo‘lishi mumkin.

“Odamlar anchadan beri brendlar tarixga aylanib borayotgani va endi internet asrida ahamiyatini yo‘qotib borayotgani haqida aytib kelmoqdalar. Aytganday, siz endi brendga ishonishingiz shart emas, shunchaki unga berilgan sharhlarni o‘qing, - dedi Kelkins, Kellogg nomidagi Janubi-sharqiy universitet Menejment maktabi marketing o‘qituvchisi, - biroq, biz brendlar g‘oyat muhim va kuchli bo‘lib qolayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Endi ular turli xil usullar bilan qiymat yaratmoqdalar, ammo ushbu kompaniyalarni ko‘rsangiz, shubhasiz, brendlar ular uchun muhimdir".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан