Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Forbes jurnali 2020-yilda boyligi eng ko‘p o‘sgan rossiyalik milliarderlarning reytingini tuzdi.Alisher Usmonov kuchlilar safidami?
27.12.2020 12:19,  
745

Forbes jurnali 2020 yilda boyligi eng ko‘p o‘sgan rossiyalik milliarderlarning reytingini tuzdi.

Reytingning birinchi o‘rnidan senator Sulaymon Kerimov joy oldi. U bir yilda 11,5 milliard AQSh dollariga boyigan. Uning boyligi o‘sishiga oltin narxining yil davomida yuqorilashi sabab bo‘ldi. Hozirda Kerimov va uning oilasining boyligi 20,9 milliard AQSh dollarga baholanmoqda.

Ikkinchi o‘rinni «NLMK» hamraisi Vladimir Lisin egalladi. Yil davomida uning boyligi 5,4 milliard dollarga o‘sib, 26,2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Lisinning boyligi ortishiga po‘lat narxlarining ko‘tarilishi sabab bo‘lgan.

Uchinchi o‘rin USM Holdings hammuassisi Alisher Usmonovga nasib etdi. Bir yil ichida u 3,6 milliard AQSh dollariga boyidi va hozir uning boyligi 16,1 milliard dollarga baholanmoqda. Ro‘yxatning boshqa a’zolari singari, Alisher Usmonovga ham metallurgiya mahsulotlarining narxi ko‘tarilishi yordam bergan.

Qayd etilishicha, boyligi 2020 yilda eng ko‘p o‘sgan o‘nta rus milliarderlarining boyliklari jami 33 milliard AQSh dollariga o‘sgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан