Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Forbes: "Mirziyoyev xorijlik sarmoyadorlar uchun 50 mlrd $lik iqtisodiy qudratini ko‘rsata bilishi kerak"
10.09.2019 18:22,  
106

Dunyoning eng boy odamlari reytingi berib boriladigan AQShning Forbes jurnali O‘zbekiston va uning yangi iqtisodiy siyosati to‘g‘risida maqola e’lon qildi.

"O‘zbekiston bugungi kundagi dunyoning eng yaxshi sarmoyaviy loyihalaridan biri bo‘lishi mumkin. Biroq buning uchun mamlakatning yangi prezidenti Sh.Mirziyoyev xorijlik sarmoyadorlar uchun 50 mlrd $lik iqtisodiy qudratini ko‘rsata bilishi kerak. Mamlakat qadimgi Buyuk ipak yo‘li bo‘yida joylashgan Toshkent, Samarqand kabi tarixiy shaharlari bilan mashhur. Bu shaharlar 344 kilometrlik yuqori tezlikdagi temir yo‘llar bilan bog‘langan va u bugungi AQSh-Xitoy savdo urushi fonida global savdo uchun muhim rol o‘ynashi mumkin". 

Forbes, shuningdek, mamlakatimizdagi yirik iqtisodiy loyihalarga ham e’tibor qaratgan. “…O‘zbekiston 1.7 mlrd $ga Toshkentda xalqaro biznes va moliyaviy markaz bunyod etyapti. Loyiha 70 gektar hududda sanoat parki, 8 ta biznes markazlari, savdo markazlari, restoranlar va ko‘plab turar joy binolarini o‘z ichiga oladi”, deyiladi Forbes maqolasida.

O‘zbekiston joriy yilning fevral oyida chiqargan yevrobondlari ortidan xalqaro reyting agentliklari S&P Global Ratings va Fitch Ratingsning BB-darajasiga loyiq ko‘rilgan va bu o‘rinda ular Boliviya, Braziliya va Bangladesh bilan bir pog‘onada turibdi.

«… o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston 2.3 mlrd $lik Xitoy, Koreya, Yaponiya va Rossiya sarmoyasini mamlakat janubi-sharqidagi Qashqadaryo viloyatida Uzbekistan GTL  zavodi qurish uchun jalb qilgan». 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан