Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Forex'da katta daromad olishga chorlayotgan Alfa System va Alpari litsenziyaga ega emasligi ma’lum qilindi
27.07.2020 11:32,  
373

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi aholi va investorlarga murojaat bilan chiqdi.

"Hozirgi kunda internet kengliklarida (Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari) ishonchsiz va litsenziya olmagan vositachilar O‘zbekiston hududidagi foydalanuvchilar orasida tranzaksiyalar yuqori darajali tavakkalchilik ekanligi, pullarni yo‘qotishga olib kelishi mumkinligi haqida potensial mijozlarni ogohlantirmasdan, juda qisqa va shubhali muddat ichida jahon qimmatli qog‘ozlar va valyuta bozorlarida (forex) mo‘maygina daromad olishga chorlovchi reklamalarni tarqatishmoqda.

Agentlik O‘zbekiston fuqarolarini ijtimoiy tarmoqlarda o‘z xizmatlarini faol targ‘ib qilayotgan Alfa System va Alpari kompaniyalari qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat yuritish uchun litsenziyaga ega emasligi haqida ogohlantiradi.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi investitsiyalar va moliyaviy instrumentlar borasidagi xizmatlardan foydalanish istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga faqat ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari bilan hamkorlik qilishni maslahat beradi. Agarda xizmatlar norezident kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan bo‘lsa, vositachi kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan mamlakatning xorijiy moliyaviy tartibga soluvchisi bergan kerakli ruxsatnomalar borligiga ishonch hosil qilish kerak.

Ma’lumot uchun: bunday xizmatlarni taklif etayotgan kompaniyadan litsenziya raqami (va to‘liq nomi)ni so‘rab, «Toshkent» RFB fond birjasi saytiga («BIRJA A’ZOLARI» rukni) kirib, qimmatli qog‘ozlar bozorida vositachilik qilayotgan kompaniya litsenziyaga ega-ega emasligini aniqlash mumkin.

Shuningdek, ma’lumotlarni tasdiqlatib olish uchun bizning Agentligimizga quyidagi manzil orqali murojaat qilishingiz mumkin: (71) 203-01-15, yoki [email protected] elektron manzili.

Fuqarolar huquqini himoya qilish hamda fuqarolarga mulkiy zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida, Agentlik O‘zbekiston fuqarolarini bunday operatsiyalar tavakkalchilikka asoslanishi va mablag‘ yo‘qotilishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantiradi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish yoki huquqbuzarliklar haqida xabar berish uchun Kapital bozorini rivojlantirish agentligi nazorat boshqarmasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz" - deyiladi agentligi murojaatida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан