Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Forish tumaniga yangi hokim tayinlandi
19.01.2021 15:40,  
153

Ikrom Matiyev Jizzax viloyati Forish tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqida Jizzax viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quranboyev, Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi xodimlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Ergash Saliyev so‘zga chiqib, Forish tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Abdivali Mustanov boshqa lavozimga o‘tgani munosabati bilan, Forish tuman hokimi lavozimiga Ikrom Sindorovich Matiyev nomzodini tavsiya etgan.Ushbu taklif Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Ikrom Sindorovich Matiyev Yangiobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан