Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Foto: 2021 yil O‘zbekistonda umumiy sig‘imi 43 mingdan ortiq bo‘lgan 13ta markaziy masjid ochiladi
9.01.2021 22:38,  
497

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi ma’lum qilishicha, respublikada so‘nggi uch yilda 256ta masjid qaytadan qurilib, 308tasi kapital ta’mirlandi.

Qayd etilishicha, ayni paytda 218ta masjid butunlay yangi loyiha asosida qaytadan qurilmoqda. Ularning bir qismi shu yili bitkazilib, mo‘min-musulmonlarni o‘z bag‘riga chorlaydi.

Musulmonlar idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda quyidagi markaziy masjidlar foydalanishga topshiriladi.

1. "Xonobod" masjidi

Manzil: Toshkent viloyati Ohangaron shahri

Sig‘imi: 4000 kishi

Me’moriy uslubi: Eklektika

Foydalanishga topshirilish vaqti: 2021 yil avgust oyi

Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, ayollar uchun tahoratxona va namozxona.

2. "Akbarali ota" masjidi

Manzil: Sirdaryo viloyati Guliston tumani

Sig‘imi: 1500 kishi

Me’moriy uslubi: sakkiz burchak

Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil aprel (Ramazon) oyi

Qo‘shimcha imkoniyatlari: kutubxona, keng avtoturargoh

3. "Xoji Abdulloh al Ansoriy" masjidi

Manzil: Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani

Sig‘imi: 2000 kishi

Me’moriy uslubi: Eklektika

Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil dekabr oyi

Qo‘shimcha imkoniyatlari: uch tomonlama kirish yo‘li, keng avtoturargoh

4. "Qorashbuva" masjidi

Manzil: Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani

Sig‘imi: 1500 kishi

Me’moriy uslubi: Yangi klassika

Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil sentyabr oyi

5. "O‘tovli Eshon" masjidi

Manzil: Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani

Sig‘imi: 250 kishi

Me’moriy uslubi: an’anaviy-tarixiy

Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil may oyi (Ramazon hayiti)

6. "Devonaboy" masjidi

Manzil: Andijon viloyati Andijon shahri

Sig‘imi: 15000 kishi

Me’moriy uslubi: an’anaviy-tarixiy

Foydalanishga topshirish muddati: 2021 yil Aprel (Ramazon) oyi

 7. "Abdulhamid qori" masjidi

Manzil: Andijon viloyati viloyati Xonobod shahri

Sig‘imi: 3000 kishi

Me’moriy uslubi: an’anaviy-milliy

Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil sentyabr oyi

Qo‘shimcha imkoniyatlari: ayollar uchun tahoratxona va namozxona

8. "Sarimozor" masjidi

Manzili: Surxondaryo viloyati Boysun tumani

Sig‘imi: 5000 kishi

Me’moriy uslubi: Eklektika

Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil avgust oyi

Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, oshxona, ayollar uchun tahoratxona va namozxona

9. "Qilichbek Qo‘rg‘oncha" masjidi

Manzil: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri

Sig‘imi: 1800 kishi

Me’moriy uslubi: Eklektika

Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil dekabr oyi

Qo‘shimcha imkoniyatlari: kutubxona, kitob do‘koni.

10. "Boymoqli" masjidi

Manzil: Jizzax viloyati Zomin tumani

Sig‘imi: 860 kishi

Me’moriy uslubi: Sakkiz burchak

Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil avgust oyi.

Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, kutubxona, ayollar uchun alohida tahoratxona va namozxona.

11. "Dilkusho" masjidi

Manzil: Buxoro viloyati Buxoro shahri

Sig‘imi: 2000 kishi

Me’moriy uslubi: tarixiy-an’anaviy

Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil mart oyi

Qo‘shimcha imkoniyatlari: Yirik kutubxona, 2 kishilik dam olish xonasi (mehmonxona), ayollar uchun namozxona

12. "Siroj solih" masjidi

Manzil: Toshkent shahar Olmazor tumani

Sig‘imi: 4000 kishi

Me’moriy uslubi: Eklektika

Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil aprel (Ramazon) oyi

Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, veb-sayt faoliyati uchun videostudiya

13. "Kulol qo‘rg‘on" masjidi

Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani

Sig‘imi: 3500 kishi

Me’moriy uslubi: Eklektika

Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil aprel (Ramazon) oyi

Qo‘shimcha imkoniyatlari: sartaroshxona, 30-35 sig‘imli ichki avtoturargoh (“parkovka”), kitob do‘koni, ayollar uchun tahoratxona va namozxona

“Ta’kidlash kerakki, bu ishlar saxovatpesha insonlar, mehnatsevar xalqimizning hashari bilan bo‘lmoqda. Muxlis elimiz qayerdaki masjid qurilishi haqida darak topsa, “Allohning uyini obod etishga men ham hissamni qo‘shsam”, degan ilinjda baholiqudrat xizmatga bel bog‘lamoqdalar, ijtimoiy tarmoqlarda dalolat qilmoqdalar. Sizchi, aziz vatandosh, chetda qolib ketmadingizmi? Bordi-yu shunday bo‘lsa, imkoniyat bor, fursat bor. Kimnidir emas, olamlar Robbisining xizmatiga sizni taklif etamiz,” – deyiladi idora xabarida.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан