Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Foto: Qashqadaryoda yashil rangga bo‘yalayotgan chim
12.11.2020 12:10,  
1433

«Qashqadaryo tongi, bog‘bonlar chimni mehr bilan yashil rangga bo‘yamoqda. Hamma yerda shunday bo‘lsaydi, iqtisodiyotni, epidemiya va korrupsiyani biror yoqimli rangga bo‘yasak.

Suratni bor haqiqatni aytib, mamlakatimiz sha’nini bulg‘amoqchi bo‘lgan Rossiya va AQSh maxsus xizmatlarining josuslari yubordi», — deb yozadi Telegram’dagi «Nablyudeniya pod chinaroy» kanali muallifi.

«Mikrofon ko‘targan ayol» kanalining muallifi ham bu borada o‘z fikrini bildirib o‘tgan: «Yaxshiyam bugun yomg‘ir. Tabiatning o‘zi yolg‘onni yuvishga yordam beradi».

Bloger Zafarbek Solijonov esa chimlarning bo‘yalishini «oqlab» chiqqan.

«Prezident Qashqadaryoga ketgandi. Shunga tayyorgarlik, menimcha. Men bu ishni oqlayman. Iloji bo‘lsa, kuz kelib sarg‘aygan daraxtlarni ham bo‘yab, shahardagi mashinalarni ham eng yaxshilarini (Captiva, Malibu, Treilblazer, ‘inomarkalar’ va boshqalar) qoldirish kerak.

Markaziy ko‘chalarga pullarni sochib chiqish kerak. Uni hech kim olmasligi uchun poylash yetarli, archani orqasida. Keyin bemalol mana, xalq yaxshi yashayapti va daraxtlar, o‘tlar kuz kelsa ham, yam-yashil turibdi. Yangi O‘zbekistonimdan aylanay, deb maqtanish mumkin», — deb yozadi bloger.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан