Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fotogalereya: Chilonzorda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochildi
10.05.2019 17:29,  
369

Chilonzor tumanidagi So‘galli ota ziyoratgohi yonida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qurilishini boshlatgan masjid uzoq yillar qarovsiz holda qolib ketgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili fevral oyida bu yerga kelib, masjidni keng va ko‘rkam qilib qurish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. 

Bugun 2 gektardan ziyod maydonda ulkan majmua bunyod etildi. Avvalgi loyihadagi ayvon o‘rni ham masjid binosiga qo‘shilib, yanada kengaytirildi. Majmuadan, shuningdek, konferens-zal, o‘quv xonalari, tahoratxona, muzey va boshqalar joy olgan. Yo‘l bo‘yidagi So‘galli ota maqbarasi ta’mirlangan. Beton qoldiqlari chiqarib tashlanib, ko‘kalamzorlashtirilgan, deya xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Ma’lumki, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy bo‘lgan. Turli diniy-ma’rifiy mavzularda yuzdan ziyod kitoblar yozib, islom dini mohiyatini to‘g‘ri yetkazish, odamlarning bilim va ma’naviyatini oshirishga katta hissa qo‘shgan.

Prezident bu masjid Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomiga munosib bo‘lganini ta’kidladi. Shayx hazratlarining ilmiy merosini o‘rganish, ma’rifat va odob-axloq mavzularida ko‘proq kitoblar chop etish, jamiyatimizdagi ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан