Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Foydalanilmay qolgan temir yo‘l chiptalarining puli qaytariladimi? 
27.03.2020 13:53,  
193

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda hukumat tomonidan koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar doirasida yo‘lovchilardan temir yo‘l chiptalarining qaytarilishi bilan bog‘liq qator murojaatlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga kelib tushmoqda.

Bunday holatlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ amalda foydalanilmay qolgan temir yo‘l chiptalari uchun yo‘lovchilarga belgilangan tartibda va to‘liq hajmda chiptaning qiymat narxi, foizlari ushlanmagan holda qaytarilishini ma’lum qildi. Shu jumlada, elektron chiptalar uchun ham pullar qaytariladi.

“Respublika poytaxti va boshqa viloyatlardagi karantin holatini hisobga olgan holda, ”O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJ kerakli summani uyingizgacha eltib berishi yoki yo‘lovchining plastik kartasiga o‘tkazib berishga tayyor.

MAVZUGA DOIR: Uzbekistan Airways sotib olingan chiptalarni qaytarish masalasida bayonot berdi

Yana bir imkoniyat mavjud, respublikamiz temir yo‘l vokzallaridagi barcha temir yo‘l kassalarida chiptalarni qaytarib olishingiz mumkin. Shu bilan birga, keksa va surunkali xastaliklarga chalingan shaxslar chiptaning qiymat summasini qaytarish uchun uydan chiqmasliklarini qat’iy tavsiya etiladi", deyiladi tashkilot xabarida.

Batafsil ma’lumot uchun telefonlar:

+ 998712999450 (belgilangan hisobot blanklarida sotib olingan chiptalar bo‘yicha)

+998999819383 (sotib olingan elektron chiptalar masalasida)

Bundan tashqari, [email protected] elektron pochta orqali ham murojaat etishingiz mumkin.

Shuningdek, yo‘lovchilarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar bilan bog‘liq har qanday holat yuzaga kelgan hollarda, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning +998712999450 ishonch telefoni yoki telegram orqali xabar berish mumkinligi ham ta’kidlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан