Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fransiya sport vaziri UEFA’dan Turkiyani jazolashni so‘radi
15.10.2019 15:45,  
609

Fransiyaning yoshlar va sport ishlari bo‘yicha vaziri Roksana Marasinyanyu Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqidan (UEFA) futbol bo‘yicha Turkiya terma jamoasini jazolashni so‘radi.

Vazir turklarning fransuzlar bilan o‘yini vaqtida harbiychasiga salomlashganidan norozi bo‘lgan. Turkiyalik futbolchilar Suriya hududida kurdlarga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazayotgan Turkiya armiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida terma jamoa o‘yinlari vaqtida harbiycha salomlashishmoqda. Bu o‘yin kecha 2020 yilgi Yevropa chempionati uchun saralash bosqichi doirasida Parijda bo‘lib o‘tgandi. O‘yin 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlandi.

“Men Fransiya futbol federatsiyasi va politsiyasiga o‘yin vaqtida xavfsizlikni ta’minlab turgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Ammo turk futbolchilari bu harakatlarning barchasini yo‘qqa chiqarib, harbiychasiga salomlashdi. Bunday xulq sprot ruhiga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun UEFA’dan turklarga nisbatan sanksiya qo‘llashini so‘rayman”, dedi u Tvitterda qoldirgan izohida.

Shuningdek, u ko‘rsatgan o‘yini uchun Fransiya milliy terma jamoasi va hujumchi Olive Jiruga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан