Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fransiyada chechenlar ishtirokida ommaviy janjal bo‘ldi (video)
16.06.2020 08:16,  
1621

Fransiyaning Dijon shahrida uch kundan beri davom etayotgan chechenistonlik muhojirlar va mag‘riblik narkotik sotuvchi guruh o‘rtasidagi to‘qnashuvda kamida 12 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi RTVI France Info telekanaliga asoslanib.

13 iyunga o‘tar kechasi 100 ga yaqin kishi "Black Pearl" (Qora marvarid) chilimxonasiga hujum qildi. Ular pichoq, beysbol tayog‘i, bolg‘a va temir tayoqlar bilan qurollangan edilar. Hujum qilganlarning ba’zilari niqoblangan.

 

Dijon politsiyasi tartibsizlarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Hech kim qo‘lga tushmadi. Jabrlanganlarning ba’zilari jiddiy jarohatlar olgan.

Telekanal xabariga ko‘ra, hujum tashabbuskorlari chechenlar jamoasi a’zolari bo‘lgan, ularning aksariyati Fransiyaning boshqa shaharlaridan aynan shu maqsadda kelgan. Shunday qilib, ular 16 yoshli chechenni kaltaklagan mahalliy giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi to‘dadan qasos olmoqchi bo‘lishdi. O‘smirning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Keyingi tun Dijonda yangi tartibsizliklar ro‘y berdi, otishma eshitildi va bir kishi jarohat oldi.

Kanalga ko‘ra, mag‘riblik va chechenistonlik qurolli odamlar to‘qnashuvida 40 yoshli erkak otishma paytida jiddiy yaralangan. Shuningdek, olomon ustiga "mashina haydab yuborishgan". 

 

Bu chechenistonliklarning Fransiyadagi mahalliy jinoiy guruhlar bilan birinchi to‘qnashuvi emas. Aprel oyining oxirida Nitssa shahrida otishma bo‘lib, unda ikki chechen yaralangan edi. Birozdan so‘ng, Trua shahri yaqinida chechenistonlik muhojirlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан