Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fransiyada ikkinchi inson koronavirusdan vafot etdi
26.02.2020 17:56,  
260

Fransiyada koronavirusni yuqtirib olgan ikkinchi odam vafot etdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib Reuters xabar bermoqda.

Fransiya koronavirusning Yevropadagi o‘chog‘i Italiyaga qo‘shni mamlakat. Biroq epidemiya hali fransuzlar orasida keng tarqalmagan.

Sog‘liqni saqlash vaziri Jerome Salmonning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda Parijdagi shifoxonaga keltirilgan 60 yoshli erkak tunda vafot etgan.

Hozirda Fransiyada koronavirus bilan bog‘liq 17 ta holat qayd etilgan.

Bon shahri markazida bir guruh xitoylik sayyohlar Ibis mehmonxonasida karantinda saqlanmoqda. Chunki ular bilan birga bo‘lgan gonkonglik sayyoh seshanba kuni to‘satdan vafot etgan.

Mehmonxona xizmatchilari ham shu yerning o‘zida karantinda saqlanmoqda.

Lion shahrida mahalliy Lion hamda Italiya shimolidagi Turinning Yuventus jamoalari o‘rtasidagi chempionlar ligasi doirasidagi bugungi uchrashuv ham so‘roq ostida turibdi.

Hozirda Fransiyada koronavirus bilan bog‘liq 17 ta holat qayd etilgan.

Mavzuga doir: Futbol bo‘yicha Yevro-2020 bekor qilinishi mumkin

Mavzuga doir: Italiya koronavirus iskanjasida (fotogalereya)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан