Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fransiya Gulnora Karimova o‘g‘irlagan pullarni O‘zbekistonga qaytaradi
9.07.2019 15:33,  
40

Fransiya hukumati Gulnora Karimovaning musodara qilingan mulkini sotishdan tushgan pulni O‘zbekistonga beradi. Bu haqda Minbar xabar bermoqda.

Gap uchta mulk – Parijdagi kvartira (31 mln yevroga olingan), Sen-Trope tumanidagi villa (2,4 mln yevro) va Parij yaqinidagi qasr (28 mln) haqida ketayapti, ularning hammasi «ko‘chmas mulkni boshqarish kompaniyasi» (Société civile immobilière — SCI) nomiga rasmiylashtirilgan.

Fransuz tergovchilarining aniqlashicha, ushbu ob’yektlar xorijiy telekommunikatsiya kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish uchun bergan poraga sotib olingan.

Fransiya milliy moliyaviy prokuraturasi prokurori Nikolya Bayetoning aytishicha, Toshkent 2019 yili Karimovaning Fransiyadagi mulklari bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelgan. Buning uchun 18 oy muzokara o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. Bayeto sud tergovchisi Serj Turner bilan O‘zbekiston poytaxtiga kelgachgina masala hal bo‘lgan. O‘zbek hokimiyati vakillari bilan uchrashuvlarda boshqa masalalar qatori pullarni qaytarish uchun qanday yuridik usulni tanlash masalasi ham muhokama qilingan.

  • O‘zbekiston o‘zini Gulnora Karimova harakatlari natijasida jabrlanuvchi deb topdi va uni Fransiya sudiga berdi.
  • Fransiyada musodara qilingan mol-mulk boshqa mamlakatga berilishi mumkin emas, shuning uchun Karimovaning mol-mulki sotilib, uning puli O‘zbekistonga qaytariladi.
  • Karimovaning Parijdagi kvartirasi allaqachon kimoshdi savdosida o‘z xarid qilingan narxidan ikki barobar arzon – 14 mln yevroga sotilgan. Bundan tergov xarajatlari uchun 2 mln yevro ushlab qolinadi.

Fransiyada noqonuniy yo‘l bilan olingan daromadni musodara qilish haqidagi qaror tarixda ilk bor qabul qilindi, OAV buni "tarixiy pretsedent" deb atadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан