Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fransiya O‘zbekiston byudjetini qo‘llab-quvvatlashga 150 mln yevro ajratadi
29.11.2018 13:45,  
1

Fransiya taraqqiyot agentligi O‘zbekiston byudjeti xarajatlarini qo‘llab-quvvatlashga 150 mln yevro taqdim etadi. Moliya vazirligi ishlab chiqqan prezident qarori loyihasi 28 noyabr kuni e’lon qilindi.

Hujjat loyihasida qayd etilishicha, 22 noyabr kuni agentlik direktor kengashi O‘zbekistonga byudjet xarajatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 mln yevro hajmda zayom taqdim etishni tasdiqlagani keltirib o‘tiladi. Kredit Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida ishlab chiqilgan «Iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash dasturi» loyihasi doirasida olti yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga taqdim etiladi.

Iyulda bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Jahon banki va OTB O‘zbekistonga byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollar taqdim etishini ma’lum qilgan edi. Bosh vazir o‘rinbosari hukumat qisqa muddatli istiqbolda byudjet taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun taqdim etilgan kreditlardan foydalanishni optimallashtirish maqsadida ekanini aytib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан