Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fransiyada musulmonlarga va yahudiylarga hujum qilmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi
11.06.2019 18:54,  
3

Fransiyada musulmon va yahudiylarga hujum uyushtirmoqchi bo‘lgan besh kishi qo‘lga olindi. Bu operatsiya bir necha oy davomida olib borilayotgan tergov doirasida amalga oshirildi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchilarni qo‘lga olish 2018 yil sentyabrdan 2019 yil may oyi yakunigacha amalga oshirildi. Qo‘lga olingan shaxslar orasida voyaga yetmagan shaxs ham bor.

Qo‘lga olinganlarning barchasi “Qora qush” (L'Oiseau Noir) guruhiga a’zo bo‘lgan.

Ular forumda teraktlarni amalga oshirishni muhokama qilishgan.

Telekanal qayd etishicha, bir necha hujum, shu jumladan, musulmonlar va Fransiya yahudiylar kengashi har yili o‘tkaziladigan yig‘ilish vaqtida teraktlarni amalga oshirishni rejalashtirishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан