Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fuqaro qasddan 10 kishiga OIV virusini yuqtirdi
8.03.2021 21:20,  
701

Joriy yilning 1 mart kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, Kogon shahar, Birdamlik ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan X.D. ismli ayol, 2017 yilning 21 dekabr kunidan boshlab Buxoro viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, OIV infeksiyasini boshqa shaxslarga qasddan yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida ogoxlantirilib, tilxat olinganligiga qaramasdan, o‘zining OIV infeksiyasiga chalinganligini bila turib, 2020 yilning avgust oyidan 2021 yilning fevral oyiga qadar, 10 dan ortiq fuqarolar R.Sh., R.B., A.J., S.Sh., H.B., Sh.A., M.A., E.A., H.D. va boshqa shaxslar bilan Buxoro shahrining turli joylarida himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lib, ushbu shaxslarga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirish va yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan. Bu haqida hudud nashri ma’lum qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan X.D.ismli ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан