Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fuqaroga “soqoltoy” deb murojaat qilgan PPX xodimining lavozimi pasaytirildi
10.11.2019 15:17,  
4818

Qashqardaryoda fuqaroga “soqoltoy” deb murojaat qilgan PPX xodimining lavozimi pasaytirildi. Bu haqda IIV xabar qildi.

Qashqadaryo viloyati IIV ma’lumotiga ko‘ra, haqiqatdan ham 31 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati IIB Post-patrul va jamoat tartibini saqlash bo‘linmasi xodimi serjant X.Normurodov belgilangan taqsimotga asosan Qarshi shahridagi “Oqtepa fayz baraka” savdo majmuasi hududida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xizmatga jalb etilgan.

Xizmat jarayonida, savdo majmuasi hududida noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganligiga gumon qilib, Kasbi tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan F.Ahadovni huquqbuzarlik sodir etmasligi to‘g‘risida og‘zaki ravishda ogohlantirgan va ushbu joyni tark etishi haqida talab qo‘ygan.

O‘z navbatida fuqaro xodimning so‘zlariga bepisandlik qilganligi oqibatida ular o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. Shundan so‘ng xodim fuqaroni shaxsini aniqlash maqsadida uni bozor hududidagi tayanch punktiga olib borish uchun patrul mashinasiga mindirmoqchi bo‘lgan. Biroq fuqaro qarshilik ko‘rsatgan.

Ma’lum qilinishicha, PPX xodimi fuqaroni “avtozak”ning orqa qismiga mindirib, ichki ishlar organlari tayanch punktiga olib borgan. U yerda X.Normurodov ushlangan fuqaroning xatti-harakatlari noo‘rinligini, IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunishi uning burchi ekanligini tushuntirgan.

Shundan so‘ng F.Axadov uzr so‘rab, boshqa bunday holat qaytarilmasligini ta’kidlagan. X.Normurodov o‘z navbatida fuqaroni og‘zaki ogohlantirish bilan cheklanib, huquqbuzarlik holatini hujjatlashtirmasdan unga javob bergan.

“Tekshiruv jarayonida X.Normurodov fuqaro F.Axadovni ismini bilmaganligi sababli uning soqol qo‘yib olganligi uchun unga nisbatan “soqoltoy” deb murojaat qilganligi, diniy e’tiqodi bo‘yicha tahqirlash mazmunida biror bir gap aytmaganligi aniqlangan. Fuqaro F.Ahadov ham buni tasdiqlagan”, - deyiladi xabarda.

Xulosaga ko‘ra PPX xodimi fuqarolar bilan muloqot jarayonida kasb madaniyatini tamoyillarini buzgan, o‘zining xatti-harakatlari tufayli keng jamoatchilikda ichki ishlar organlarining faoliyatiga nisbatan salbiy fikr shakllanishiga sabab bo‘lgan.

Intizomiy jazo sifatida lavozimidan chetlatilib, quyi tizimga tushirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан