Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fuqarolar Qizil kitobga kiritilgan Buxoro qo‘yi va bo‘rini o‘z ixtiyori bilan davlatga topshirdi (foto)
25.03.2020 16:10,  
883

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan birgalikda 2020 yil 23 mart kuni qo‘shma tadbir o‘tkazdi.

Ma’lum qilinishicha, tadbirda Sho‘rchi tumani Joyilma mahallasida yashovchi fuqaroning o‘zi bergan xabariga ko‘ra, uning uyida saqlanayotgan, Qizil kitobga kiritilgan ikki bosh Buxoro qo‘yi va tumanning Xushchekka mahallasida yashovchi fuqaroning uyida saqlanayotgan bir bosh bo‘ri ko‘ngilli ravishda fuqarolar tomonidan qo‘mitaga topshirilgan.

Ayni vaqtda, yovvoyi hayvonlarning xavfsiz va doimiy nazoratda bo‘lishini ta’minlash maqsadida, ular belgilangan tartibda Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.

Buxoro qo‘yi O‘zbekiston va Jahon Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, ushbu tur butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан