Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Fuqarolar uchun byudjet» dasturi ilk marotaba Namangan shahri misolida chop etildi
6.09.2019 20:47,  
41

Moliya vazirligi ilk marotaba «Fuqarolar uchun byudjet» dasturi doirasida hududlar byudjet parametrlarini Namangan shahri misolida keng omma foydalanishi uchun chop etdi.

Unga ko‘ra Namangan shahrining 2019 yil uchun jami daromadlari 283mlrd 206 mln 669 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yili bu raqam 28 mlrd so‘mga ortib, 311 mlrd 384 mln 95 ming so‘mni tashkil etadi. 2019 yilgi daromadlarning 192,5 mlrd. so‘mini mahalliy soliqlar tashkil etsa, 2020 yil uchun bu raqam 209 mlrd so‘mga yetadi.

«Nashrning asosiy maqsadi keng jamoatchilik uchun ma’lumot olishni ta’minlash, byudjet sohasida aholi o‘rtasida savodxonlikni oshirish, shuningdek, hamkorlikdagi mexanizmlarning samaradorligini oshirishdir», - deyiladi vazirlik xabarida.

Nashrdan siz soliq to‘lovchilarning mablag‘lari qay tariqa xarjlanayotganini ko‘rishingiz mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash uchun 1 mlrddan ortiq mablag‘ sarflangan bo‘lsa, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun qariyb 4 mlrd so‘m sarf qilingan.

Namangan shahar daromadlarining 43 foizi yoki, 122 mlrd so‘mi ta’lim uchun sarf etilgan bo‘lsa, sog‘liq saqlash sohasiga 47 mlrd mablag‘ ajratilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан