Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fuqarolarga ham Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqi beriladi
28.05.2020 19:22,  
143

«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unda Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi sud hokimiyati organi ekanligi mustahkamlangan.

Shuningdek, "O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari kirishi belgilangan.

Konstitutsiyaviy sud rais va uning o‘rinbosarini qo‘shgan holda Konstitutsiyaviy sudning to‘qqiz nafar sudyasidan iborat bo‘ladi.

Konstitutsiyaviy sudning hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.

Loyihada Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish, uni dastlabki ko‘rib chiqish va o‘rganish tartibi bayon qilingan.

Shuningdek, loyihaning 41-moddasida kimlar Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishda taraflar bo‘lishi ko‘rsatilgan:

"Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun masala kiritgan davlat organi, mansabdor shaxs, fuqaro va yuridik shaxs;

konstitutsiyaviyligi tekshiriladigan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan (chiqargan) davlat organi yoki mansabdor shaxs;

O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy yoki boshqa majburiyatlariga oid masalalarni hal qilishga vakolatli davlat organi;

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh berish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senatini tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilishida maslahat berish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi yuzasidan xulosa berish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, hisoblanadi.

Taraf Konstitutsiyaviy sudda o‘zining manfaatlarini ifoda etuvchi bir yoki bir nechta vakilga ega bo‘lishga haqli. Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun masala deputatlar yoki senatorlar guruhi tomonidan kiritilganda ularning vakillari tayinlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан