Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fuqarolarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish takomillashtirildi
30.12.2021 11:49,  
214

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar beradi «Huquqiy axborot» kanali.

Hukumat qarori (785-son, 29.12.2021 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, bekor qilish va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish xizmatlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona ijtimoiy davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxatidan uy-joy hujjatlari chiqarib tashlandi.

Doimiy ro‘yxatga olish rasmiylashtirilganda QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i beriladi.

Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinishini bekor qilish asoslari belgilandi:

  • bir manzildan boshqa manzilga ro‘yxatga olinganda;
  • mulkdor arizasiga ko‘ra;
  • mulkdor o‘zgarganda;
  • sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan, shasxni bedarak yo‘qolgan deb topish va ko‘chirish haqidagi qarori asosida;
  • fuqaro xorijga doimiy yashashga ketganida;
  • sohta hujjatlar asosida ro‘yxatga olinganlik aniqlanganda;
  • umrbod ozodlikdan mahrum etilganda;
  • vafot etganda.

Ushbu nizom Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun tatbiq etilmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан