Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chilonzorda fuqarolik pasporti, harbiy bileti va telefonni qaytarib berish evaziga pul talab qilishdi
20.03.2021 18:26,  
187

Tergov departamenti axborotiga ko‘ra, 2021 yilning 12 mart kuni 19 yoshli Sherzod M., va Dilshod S., lar “Telegram” messenjeri orqali “Farhod” ismli shaxs bilan nizolashib qolganliklari sababli, gaplashib olish maqsadida Chilonzor metro bekati oldida joylashgan “Korzinka.uz” supermarketi oldida “Hasan”, “Dilshod” va “Umid” ismli shaxslar bilan uchrashib, gaplashayotganlarida “Dilshod” ismli shaxs Sherzod M.,ga tegishli “Samsung-J 7” rusumli telefon apparatidan qo‘ng‘iroq qilib olish bahonasida hamda “Umid” ismli shaxs Dilshod S.,ga tegishli fuqarolik pasporti, harbiy biletini olib qo‘yib, qaytarib berishlari evaziga 1 000 000 so‘m pul berishlarini talab qilib, 2021 yilning 13 mart kuni soat 16:30 larda “Hasan” ismli shaxs 250 000 so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. 

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 19 yoshli Hasan P., 21 yoshli Umidjon B., va “Dilshod” ismli shaxslar sodir etganliklari aniqlanib, Hasan P.,dan telefon apparat hamda Dilshod S.,ga tegishli fuqarolik pasport, harbiy biletlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.   

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Hasan P., Umidjon B., va "Dilshod" ismli shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Hasan P., protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda Umidjon B., va "Dilshod" ismli shaxslarni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан