Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fuqaroni majburlab olib ketishga uringan IIB va Milliy gvardiya xodimiga xalq norozilik bildirdi (video)
16.06.2020 13:11,  
1323

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organi xodimi hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi bir fuqaroni majburlab «Gazel»ga ortishga uringani tasvirlangan video tarqaldi. Ta’kidlanishicha, mazkur holat Nukusda sodir bo‘lgan.

Videodan ko‘rish mumkinki, ichki ishlar xodimi taxminan 18-20 yoshli yigitni «Gazel»ga majburan chiqarishga urinmoqda. Biroq yigitcha qarshilik ko‘rsatgani sabab IIB xodimi uni yerga yotqizib, bo‘ynidan bo‘g‘a boshlagan. Bu kabi holatni ko‘rgan atrofdagilar yordamga kelib, huquq-tartibot posbonlaridan bolani qiynamaslikni, nima sababdan bunday qilishayotganini so‘rashga tushgan. Shunda IIB xodimi changalidagi yigitning «Mana maskam borku» deya bo‘ynidagi tibbiy niqobni ko‘rsatganini payqash mumkin.

 

 

Taxminlarga ko‘ra, IIB va Milliy gvardiya xodimlari yigitchani jamoat joyida niqob taqmay yurgani uchun idoraga olib ketmoqchi bo‘lgan.

Ko‘pchilikning aralashuvi bilan IIB xodimining qo‘lidan chiqishga muvaffaq bo‘lgan yigit, hodisa joyidan qochib ketgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан