Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






FVV "Qamchiq" dovonida sodir bo‘lgan tuproq o‘prilishi va qor ko‘chkisi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi
12.03.2022 16:23,  
98

“Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida avtomobil yo‘lining xavfli hududlari “Qamchiq” Maxsus, qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi, “Qamchiq” qor ko‘chkisini kuzatish stansiyasi, geologik xavfli jarayonlarni kuzatish “Farg‘ona” stansiyasi, “Qamchiqavtoyo‘l” xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganib chiqildi, deya xabar bermoqda FVV matbuot xizmati. 

O‘rganish natijalariga ko‘ra soat 7:30 larda A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 229,8 km hududida, avtomobil yo‘lidan 80-100 metr uzoqlikda tog‘ yonbag‘irliklaridan 300 ming metr/kub hajmda qor ko‘chkisi sodir bo‘lib, qor massalari “Qamchiqsoy” soyi o‘zaniga tushgan.  

Shuningdek, “Toshkent-Vodiy” avtomobyuil yo‘lining 6 ta joyida tosh-tuproq massasi o‘pirilishi sodir bo‘lib, yo‘l chetdagi handaqqa (kyuvetga) tushgan.  

Bundan tashqari nomustahkam tosh massalari avtomobil yo‘lining 251,7 km, 260 km oraliqlarida avtomobil yo‘liga tushishi mumkin bo‘lgan xududlar aniqlandi.

Hozirda xavfli xududlarda tosh massalarini majburiy tushirish bo‘yicha “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi, “Qamchiqavtoyo‘l” hamda Yo‘l-harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Dovon yo‘lida sodir bo‘lgan geologik va gidrometeorologik xodisalar natijasida jabrlangan va jaroxat olganlar yo‘q. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан