Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






FVV Sirdaryodagi holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi
4.05.2020 17:11,  
476

FVVning xabar berishicha, Sirdaryo viloyatining suv bosgan hududlarida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar jadallashtirilmoqda.

Xususan, ushbu hududdagi qabristonlar, kanalizatsiya tizimlari, suv tozalash inshootlari o‘rganilib, dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni vaqtda Oqoltin tumanidagi «Ahillik», «Qo‘rg‘ontepa» va «Sardoba» qishloqlari va Mirzaobod tumanidagi “Baliqchilik" qishlog‘i dezinfeksiya qilinmoqda.

Zararlangan hududlarda to‘plangan 70 ta uy hayvoni sanitariya qoidalariga muvofiq ko‘milgan.

Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa vazirliklari va Milliy gvardiya xodimlari hududlarni to‘plangan qoldiqlardan tozalash tadbirlarini olib bormoqdalar.

1 maydan boshlab Favqulodda vaziyatlar vazirligida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan «1205» tezkor aloqa raqamiga 5609 marta qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Shulardan 4861 nafar fuqaro favqulodda vaziyat oqibatlari bo‘yicha ma’lumotlar so‘rab, murojaat etgan. Shuningdek, ularning 287 nafari oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar masalasida yordam so‘ragan. Murojaatchilardan 199 nafari ko‘ngilli qutqaruvchi sifatida favqulodda vaziyat o‘chog‘iga borish istagini bildirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан