Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






FVV Toshkentdagi Botanika bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi
16.05.2021 14:13,  
249

Toshkentdagi Botanika bog‘i hududida 16 may kuni yong‘in kelib chiqqan, hodisa aks etgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot bergan FVVning qayd etishicha, yong‘in 16 may kuni soat 11:55 larda Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan Botanika bog‘ining orqa tomonida yuz bergan. Ochiq maydonda qurigan xas-xashak va butalgan shox-shabbalarda yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan.

 

«Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, bog‘ hududiga o‘tishining oldi olindi. Yong‘indan jabrlanganlar yo‘q. Bog‘ning o‘rmon fondiga zarar yetmagan», — deyiladi vazirlik xabarida.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан