Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






FVV zararli chigirtkalarga qarshi kurashmoqda (foto)
3.06.2020 13:03,  
509

Bugungi kunda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zararli chigirtkalarni kirib kelishini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, joriy yilda zararli chigirtkalarni respublikamiz hududiga kirib kelishini oldini olish uchun joylarda 597,9 ming gektarda kimyoviy ishlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuni alohida qayd etish joizki, bugungi kunda respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarni 327,4 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 309,6 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi. Shuningdek, mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 397 ming gektar maydonda ishlovlarni o‘tkazishni ta’minlaydigan kimyoviy vositalar zahirasi yaratilgan.

Ushbu tadbirlarga 500 dan ortiq maxsus texnikalar va 700 nafardan ortiq ishchilar jalb qilingan.

Yana bir muhim jihat bu kabi ezgu amallar qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Jumladan Qozog‘iston, Turkmaniston hamda Qirg‘iziston Respublikalari shular jumlasidandir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан