Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






G‘ayritabiiy usulda zo‘ravonlik ishlatilgan ayol xotin-qizlar qo‘mitasi himoyasiga olindi
9.10.2018 19:15,  
52

Xotin-qizlar qo‘mitasi erining zo‘ravonligidan jabr ko‘rib kelgan farg‘onalik ayolni o‘z himoyasiga oldi, deb xabar qildi qo‘mita matbuot-xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, M.Sh. fuqaro A.A. bilan shar’iy nikoh asosida ikkinchi xotin bo‘lib yashab kelgan. Ularning munosabatlari davomida ayol doimiy ravishda eri tomonidan kaltaklanib, g‘ayritabiiy usulda zo‘ravonlik ishlatilib, o‘ldirish bilan qo‘rqitilib, g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan cheklab kelingan.

Navbatdagi zo‘ravonlikdan qo‘rquv oqibatida homilador bo‘lgan ayol uyining 3-qavatdan o‘zini tashlagan. Oqibatda ayolga tez yordam ko‘rsatilib, kasalxonaga olib ketilgan. Vaziyat huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olinib, fuqaro A.A.ga nisbatan esa jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ayol bo‘lib o‘tgan hodisalar yuzasidan keyinroq O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga murojaat qildi, Qo‘mita holatni o‘rganib, ayol huquqlari sud jarayonida himoya qilinishini ma’lum qilishdi. Ayolning kelgusi hayoti yo‘lga qo‘yilishiga Qo‘mita tomonidan tegishli yordam ko‘rsatiladi.

Ayni damda erkak ustidan tergov tadbirlari nihoyasiga yetdi va ish sudga oshirildi.

"Bu kabi noxush vaziyatlarga duch kelmaslik uchun biz ayollardan o‘z taqdirlariga befarq bo‘lmasliklarini, noqununiy munosabatlarga kirishmasliklarini va o‘z haq-huquqlarini bu tarzda poymol qilmasliklarini so‘rab qolgan bo‘lardik", - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi zo‘ravonlikka duch kelayotgan ayollarga ko‘mak berish maqsadida yagona 1146 – "Ishonch telefon" larini ishga tushirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан