Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






G‘afur G‘ulom bog‘i 49 yilga berib yuborilgan «xorij» kompaniyasi toshkentlik shaxsga tegishli bo‘lib chiqdi
18.07.2020 13:46,  
5166

Avvalroq, Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi eng ko‘rkam jamoat bog‘laridan biri — G‘afur G‘ulom madaniyat va istirohat bog‘ini 49 yilga BMP Smart Decision Private Limited xorij kompaniyasiga uni modernizatsiya qilish va jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy parkni barpo qilishga oid investitsion majburiyat bilan berilganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek, modernizatsiya loyihasi o‘z ichiga eski attraksionlarni yangilariga almashtirishni, bog‘ning yashil hududini, bog‘da o‘sayotgan Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xatlovidan o‘tkazilgan daraxtlarga qo‘shimcha ravishda, yangi daraxtlar bilan to‘ldirishni o‘z ichiga olishi va rekonstruksiyadan keyin boqqa kirish avvalgiday bepulligicha qolishi aytilgan edi.

Bloger davletovuz'ning yozishicha, G‘afur G‘ulom parkini 49 yilga ijaraga olgan BMP Smart Decision Private Limited kompaniyasi 700 AQSh dollarlik boshlang‘ich kapital bilan ochilgan ekan.

Foto: Uznews

Kompaniya ta’sischisi bo‘lgan «xorijlik investor» esa O‘zbekistondan, Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidan Halimov Sherzod ekan.

Toshkent shahar hokimligi hozircha vaziyatga izoh bermadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан