Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"GAI" mensimagan EQUINOX haydovchisiga chora ko‘rildi, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi
4.06.2021 11:41,  
220

Ijtimoiy tarmoqda «Haydovchi YPX xodimiga bo‘ysunmadi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

"Joriy yilning 1 iyun kuni soat 18:50larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Beshyog‘och ko‘chasida xizmat olib borgan YPX xodimi A.Rajabov tomonidan "EQUINOX" rusumli, 01T600AA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisiga jezl va hushtak orqali ishora ko‘rsatilishiga qaramasdan haydovchi qonuniy talabga bo‘ysunmagan va harakatini davom ettirgan.

Mazkur holat yuzasidan YPX xodimi bildirgi orqali YHXB boshlig‘iga ma’lum qilib, ishoraga bo‘ysunmay harakatlangan haydovchiga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Mas’ul xodimlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, bo‘ysunmay harakatlangan, 1982 yilda tug‘ilgan haydovchi K.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 194-moddasi tartibida bayonnoma tuzilib, transport vositasi ushbu Kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan tartibga soluvchining ishoralariga amal qilishlarini so‘raymiz" deyiladi Bosh boshqarma axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан