Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"G‘alati ishlar juda ko‘pda: korrupsiyaga qarshi kurashamiz, deymiz-u..." – Rasul Kusherbayev
21.02.2021 20:59,  
5849

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Andijondagi mas’ullarning noqonuniy  yer sotish bilan bog‘liq ishlari bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi o‘rniga ushbu muammolarni yoritib borayotgan muxbir bilan kelishishga urinishlar bo‘layotganligi haqida Telegram kanalida yozdi.

Andijondagi mas’ullarning noqonuniy  yer sotish bilan bog‘liq ishlari bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi o‘rniga ushbu muammolarni yoritib borayotgan muxbir bilan kelishishga urinishlar bo‘layotgan ekan.

G‘alati ishlar juda ko‘pda: korrupsiyaga qarshi kurashamiz, deymiz-u, korrupsiyaga yo‘l qo‘yayotgan amaldorlarni ko‘rsak bu gaplar shunchaki qog‘oz uchun aytilganidek ish tutib, hammasiga ko‘z yumamiz. Korrupsiyaga qarshi haqiqatda kurashmoqchi bo‘lganlar bilan esa zimdan kelishmoqchi bo‘lamiz.

Oqibatda korrupsiyaga qarshi kurash faqat qog‘ozdagi yozuvlardan iborat, nomiga “rezultat” uchun bo‘layotgan ishlar qatorida qolmoqda.

Maqsadlar qog‘ozdan amalga ko‘chmayotgani uchun ham korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro reytingda eng korrupsiyalashgan mamlakatlar qatorida viqor bilan turibmiz.

Har tugul Andijondagi mahalliy kengash deputatlaridan uyg‘oqlari jur’at qilib, vaziyat bo‘yicha Bosh prokurorga murojaat qilibdi.

Umid qilamizki, Bosh prokuratura deputatning murojaatini e’tiborsiz qoldirmay, Andijondagi  mas’ullarning yer sotish masalasiga vijdonan yondoshib, qonunlarga muvofiq  huquqiy baxo beradi”, – deb yozdi Rasul Kusherbayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан