Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gaz «zapravka»larining ish vaqti cheklandi
5.01.2021 13:56,  
412

Joriy yilning 4-5 yanvar kunlari qator hududlarda gaz va elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha uzilishlar ko‘lami kengayib ketdi. Shuningdek, “metan zapravka”lar ish vaqti ham cheklandi. Energetika vazirligi bu vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
 

Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, hozirgi kunga kelib Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining neft va gaz konlarida nosozlik sabab to‘xtatilgan barcha 14 ta gaz haydash agregatlari ishga tushirildi va ish rejimida ishlamoqda.
Yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish natijasida Muborak GQIZda gaz ta’minoti to‘liq tiklangan. Biroq, 4 yanvar kuni yetkazib berilmagan hajmlar to‘ldirilmagan, bu esa zarur gaz bosimini tiklashga to‘sqinlik qiladi.
Shuningdek, 4 va 5 yanvar kunlari havo haroratining pasayishi tufayli gaz iste’molida o‘sish kuzatilmoqda.
“Shu munosabat bilan, respublika aholi iste’molchilari va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash birinchi darajali vazifadir.
Shuning uchun, bir qator zarur vaqtinchalik choralar joriy etilmoqda. Ulardan biri – avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)ning soat 15:00 dan 05:00 gacha ishlashini cheklashdir. Ushbu vaqtinchalik chora magistral gaz quvurlarida barqaror gaz bosimi ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilgunga qadar joriy etiladi.
Ushbu cheklovlar bir qator hududlarda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda joriy qilinadi.
Mavjud vaziyat bilan bog‘liq ravishda, 4 yanvar kuni uy xo‘jaliklarini elektr energiyasi va gaz bilan ta’minlashda vaqtincha uzilishlar bo‘lgan alohida holatlar yuz berdi. Barcha holatlar nazorat ostida va zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Hurmatli iste’molchilar! Gaz plitalari va isitkichlarni qarovsiz qoldirmasligingizni so‘raymiz, chunki gaz bosimi tiklanganda uni nazoratsiz ishlatish jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin”, – deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан