Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Geoportal bilan integratsiyalangan O‘zbekiston
19.03.2021 07:47,  
134

Insoniyatning eng yaxshi aqllari sayyoramizning turfa nuqtalarida tarqalgan bioxilma-xillik to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashga mudom urinib kelganlar. Chunonchi O‘zbekistonda ham, ko‘p yillar davomida O‘zbekistonni vatan tutgan jonivorlar va o‘simliklar to‘g‘risidagi axborotlar aks etgan kitoblarning butun boshli kutubxonalari to‘planib qolgan.

Bugungi kunda tabiiy jarayonlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ishlashni yengillatish uchun aksar holda IT-texnologiyalardan foydalana boshladilar. O‘zbekistonda ekologlar va tabiatni muhofaza qilish xizmatlariga bunda BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Global ekologik fond va Davekoqo‘mning “Global ahamiyatga ega bioxilma-xillik uchun muhim asosiy tog‘ mintaqalarida tabiat resurslari va o‘rmon xo‘jaligidan barqaror foydalanish” qo‘shma loyihasi ko‘mak bermoqda.  

Davekoqo‘m vakillari bilan yaqin hamkorlikda Bioxilma-xillikni asrash to‘g‘risidagi axborotni boshqarish tizimi (BAABT) ishlab chiqildi. BAABT onlayn-resurs bo‘lib, Davekoqo‘mning alohida serveridan joy olgan va unda flora va fauna to‘g‘risidagi (jumladan milliy, global-tahdidli, shuningdek hayvonot va nabototning xo‘jalik ahamiyatiga molik turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar) ma’lumotlar saqlanishi, uyg‘unlashishi va yangilanib turishi mumkin. Shuningdek, tizim bioxilma-xillikka nisbatan mavjud tahdidlar to‘g‘risida axborot olish va ularning oldini olish hamda bartaraf qilish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rish imkonini beradi. BAABTning asosini geoma’lumotlar, ya’ni aniq geolokatsiyali xaritalar, shuningdek biologik turlar holati to‘g‘risidagi turfa sifat va miqdor ma’lumotlar hamda ular bilan bog‘liq hujjatlar (masalan, turlar tarqalishi soni va areali va boshqalarga oid ma’lumotlar) tashkil etadi. Shu tariqa, BAABT o‘ziga xos “ombor” bo‘lib, unda O‘zbekiston bioxilma-xilligi ilmiy kolleksiyalari to‘g‘risidagi axborot saqlanadi.

BAABT (http://bcims.uznature.uz/) xizmat foydalanuvidagi plaftorma sanaladi. Ochiq foydalanish uchun vebsayt ishlab chiqilgan (http://bcims.uznature.uz/wordpress/). O‘zbekiston Bioxilma-xillik bo‘yicha axborot markazi (O‘BAM) tabiatdan foydalanish, boshqarish, milliy flora va faunaga oid milliy va xalqaro qonunchilik, davlat himoyasidagi qo‘riqlanadigan tabiat hududlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi. Kengroq auditoriyani qamrab olish uchun saytda blog-forum ochiladi, u yerda barcha foydalanuvchilar o‘z fotosuratlarini yuklashlari, sharhlar ulashishlari, savollar berib, ekspertlardan javob olishlari mumkin bo‘ladi.

BAABT dasturchilar qayd etishlaricha, ularning ishlari Davekoqo‘m va qo‘riqlanadigan tabiat hududlari ichida va tashqarisida tabiiy resurslarni boshqarishga jalb etilgan barcha milliy hamkorlar uchun salmoqli ko‘mak beradi. Kutilishicha, BAABT va O‘BAM batafsil manzarani real vaqtda taqdim etib, noyob vositaga aylanadi va bioxilma-xillikni asrashdagi samarali vosita bo‘lib qoladi. Qaror qabul qiluvchi shaxslarning o‘zlari ma’lumotlar bazasini ko‘rib chiqishlari va tegishli qaror qabul qilish uchun xulosa chiqarishlari mumkin. BAABT platformasining noyobligi yana shundaki, u sheyp-fayllarni ishlatadi, xaritaning tagida atributiv ma’lumotlarni ham ko‘rish mumkin.

Hozirda, idoralararo ishlarni yaxshiroq muvofiqlashtirish uchun, Tizim O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan integratsiyalandi (http://geoportal.uz/ru). Natijada, foydalanuvchilarda qudratli hisoblash resurslaridan foydalanish imkoni yuzaga keldi, ulkan arxivlar va ma’lumotlar bazasiga yo‘l ochdi, bu katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tezkor olishni ta’minlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан