Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniya 12 ming nafar harbiyni "COVID-19"ga qarshi kurashda shifokorlarga yordam berish uchun safarbar etmoqda
14.11.2021 17:39,  
56

Yil oxirigacha Germaniya Mudofaa vazirligi pandemiya davrida fuqarolarga yordam beradigan 12 ming askarni safarbar qiladi. Bu haqda "Der Spiegel" xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, harbiylar yuklama ortib ketgan klinikalar va sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yordam ko‘rsatadi. Xususan, ular qariyalar uylari va shifoxonalarda vaksinatsiya qilish jarayoni va tezkor testlarni o‘tkazishda ishtirok etadi.

Noyabr oyi oxirigacha olti ming harbiy xizmatchi shifokorlarga yordam berishga jalb etilsa, dekabr oyining oxiriga kelib yana olti ming nafar harbiy xizmatchi ular safiga qo‘shiladi.

Avvalroq Germaniyada bir kunda 50 196 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani ma’lum qilingan edi. Bu pandemiya boshidan beri qayd etilgan antirekord hisoblanadi. Bundan oldingi kunlik maksimal ko‘rsatkich 39 676 kishini tashkil qilgan edi. 

Epidemiya boshlanganidan beri mamlakatda 4 894 250 kishida infeksiya qayd etilgan. "COVID-19" asoratlaridan 97 198 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан