Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib beradi
10.08.2021 09:04,  
409

O‘zbekiston Germaniyadan koronavirusga qarshi 350 ming doza vaksina oladi. Preparatlar COVAX dasturi doirasida yetkazib beriladi.

O‘zbekiston va Tojikiston COVAX dasturi doirasida Germaniyadan koronavirusga qarshi vaksinalarni oladi. Bu haqda 9 avgust kuni Berlinda GFR hukumati rasmiy vakili Ulrike Demmer ma’lum qildi, deya yozmoqda Deutsche Welle.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentga 355,2 ming doza, Dushanbega esa 100,8 ming doza beriladi. Shuningdek, Sudan (357,6 ming), Efiopiya (271,2 ming) va Afg‘oniston (213,6 ming) ham vaksina oladi.

Gap Berlin London bilan tuzilgan shartnomalar doirasida olgan Britaniya-Shvetsiya hamkorligida ishlab chiqarilayotgan AstraZeneca preparatlari haqida ketmoqda, deya aniqlik kiritdi DW.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан