Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda
7.05.2019 11:26,  
20

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Mamlakat atrof-muhit, tabiat muhofazasi va yadroviy xavfsizlik vazirligi hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Yurgen Keynxorstga ko‘ra, bo‘lajak tashrif ekologik xavfsizlik borasidagi munosabatlarni ham yangi bosqichga olib chiqadi. Bu haqda Berlindan Alisher Azimov xabar bermoqda.

«Bu sohadagi hamkorlikning ijobiy misollari ham bor. O‘zbekistonda ishtirokimizda qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash, tog‘li hududlarda tuproqni eroziyadan himoya qilish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi yoki ayni paytda bajarilmoqda. Shuningdek, Amudaryo qirg‘oqlarida qum ko‘chishini oldini olish, hayvonot olami populyasiyasini saqlash, turistik zonalarni rivojlantirish loyihalari ham ishlab chiqilgan. Ularni muvaffaqiyatli yuzaga chiqarish uchun 3 milliondan 5 million yevrogacha mablag‘ ajratilgan», — deydi Yurgen Keynxorst.

Ushbu tashrif arafasida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) tomonidan Yevropa Ittifoqi ko‘magida amalga oshirilayotgan UzWaterAware loyihasi doirasida Germaniyaga stadi-tur tashkillandi. Loyihaning milliy hamkori — Suv xo‘jaligi vazirligi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан