Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniya qat’iy karantinga qaytmoqda. Maktablar va savdo markazlari yopiladi
13.12.2020 17:00,  
138

Germaniya hukumati koronavirus tufayli cheklov choralarini kuchaytirishga qaror qildi. Mamlakat kansleri Angela Merkel 16 dekabrdan 10 yanvargacha bo‘lgan muddatda oziq-ovqat mahsulotlari do‘konlari va dorixonalardan boshqa barcha do‘konlar yopiq bo‘lishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, bu davrda maktablar, sartaroshxonalar yopiladi, kompaniyalarga o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatish yoki xodimlar masofadan ishlashi tartibiga o‘tish tavsiya qilinmoqda. Bundan tashqari, cheklov choralari doirasida Yangi yil bayrami arafasida feyerverklar sotilishi taqiqlanadi.

Shu tariqa, pandemiyani jilovlash uchun 2 noyabr kuni qabul qilingan cheklov choralari kuchaytirilmoqda.

  • Germaniyada noyabr oyida COVID-19 bilan kasallanish darajasi o‘sishi ortidan federal miqyosda restoranlar va barlar faoliyati cheklangan, ammo do‘konlar va maktablar ishlashda davom etgandi. Ayrim yerlarda mahalliy rasmiylar yanada qat’iyroq karantin joriy qilishgandi.
  • Avvaliga karantin noyabr oyi oxirigacha davom etishi mo‘ljallangandi, ammo hukumat bu choralarni 20 dekabrgacha uzaytirgan va muddat yana uzaytirilib, karantin cheklovlari keyingi yil yanvarigacha saqlab qolinishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
  • 13 dekabr holatiga ko‘ra, Germaniyada koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 1 336 101 holat qayd etilgan, so‘nggi bir kunda bemorlar soni 21 792taga oshgan. Pandemiya davrida 21,9 ming germaniyalik koronavirus qurboni bo‘lgan, so‘nggi bir kun ichida 333 o‘lim qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан