Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniya, Shvetsiya va Polsha rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishini e’lon qildi
9.02.2021 12:51,  
253

Rossiya avvalroq Germaniya, Polsha va Shvetsiyaning uch nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishini e’lon qilgandi.

Germaniya, Shvetsiya va Polsha Moskvaga javoban rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishini e’lon qildi. Bu haqda uch mamlakat tashqi ishlar vazirliklariga tayanib TASS xabar bermoqda.

Rossiya avvalroq Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan mitingda qatnashgani sababli Germaniya, Polsha va Shvetsiyaning uch nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishini e’lon qilgandi. 

Rossiya TIV yevropalik diplomatlar 23 yanvar kungi norozilik namoyishlarida qatnashganligini qabul qilib bo‘lmasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 yanvar kuni Rossiyada Aleksey Navalniy va boshqa siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bunga davolanishdan so‘ng Germaniyadan Rossiyaga qaytgan muxolifatchining hibsga olinishi sabab bo‘ldi.

2 fevral kuni Moskvaning Simonovskiy sudi Aleksey Navalniyga nisbatan 3,5 yilni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tash jazosini tayinladi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан