Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniya va Buyuk Britaniyada ham koronavirusning yangi shtammi — «omikron» bilan zararlanganlar aniqlandi
27.11.2021 22:11,  
114

Germaniyada koronavirusning yangi shtammi — «omikron» bilan zararlanishning birinchi holati aniqlangan. Bu haqda Gessen federal yeri ijtimoiy masalalar vaziri Kay Kloze ma’lum qildi.

«Kecha Janubiy Afrikadan qaytgan odamda «omikron» shtammiga xos bir nechta mutatsiyalar borligi aniqlandi. Shubhalar juda katta. Shuning uchun u izolatsiyaga olindi», deb yozgan Kloze o‘zining «Tvitter»ida. Shu o‘rinda, vazir o‘tgan hafta Janubiy Afrikadan qaytgan barcha fuqarolarning barchasini testdan o‘tishga va atrofdagilar bilan aloqani cheklashga chaqirdi.

Buyuk Britaniyada esa yangi shtamm bilan ikkita zararlanish holati aniqlangan. 

Bu haqda "Sky News" telekanali Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Sajid Jovidga tayanib xabar berdi.

26 noyabrdan boshlab Buyuk Britaniya koronavirusning yangi shtammi — B.1.1.529 («omikron») aniqlangani sababli Janubiy Afrika, Botsvana, Zimbabve, Lesoto, Namibiya, Esvatini bilan parvozlarni vaqtincha bekor qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан