Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniyada 9 kishini otib o‘ldirgan hujumchining harakati irqchilik motivlarga asoslangan
20.02.2020 23:13,  
407

Germaniyaning markaziy Gessen federal shtatidagi Xanau shahridagi otishma natijasida 9 kishi o‘ldirilgan. O‘ldirilganlar orasida 5 nafar etnik turklar bo‘lgan.

Gessen politsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, chorshanba kuni kechqurun (mahalliy vaqt bilan soat taxminan soat 22 larda) noma’lum shaxslar Xeumarkt va Kurt Shumaxer ko‘chalaridagi ikkita chilimxona kafesida va shahar maydonlaridan birida o‘t ochishgan.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, qurolli hujumda kamida ikki kishi ishtirok etgan.

Germaniya Bosh prokuraturasi Xanau shahridagi otishmani terrorchilik harakati deb tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Anqara Germaniya hukumatidan, etnik turklar halok bo‘lgan Xanau shahridagi otishma tafsilotlarini aniqlashtirish uchun maksimal kuch sarflashini kutmoqda, dedi Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin.

19 fevral kuni 43 yoshli olmon Tobias R. ismli qotil, ikkita chilimxonaga qurolli hujum qildi. Natijada 9 kishi halok bo‘ldi.

Keyinroq politsiya, hujumchi Tobias R.ning va onasining jasadini o‘z kvartirasidan topdi.

Hujumchining uyidan quyidagi ko‘rinishda yozuv topilgan: "Ba’zi xalqlar yo‘q qilinishi kerak, ularga Germaniya pasportlari berilmasligi kerak".

Tobias R. hujumdan 4 kun oldin turli xil tahdidlar bilan Yutub kanalga video joylashtirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан