Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniyada koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlandi
18.01.2021 19:14,  
202

Germaniyaning janubida, Garmish-Partenkirxen shahridagi klinikada (Bavariya federal shtati) koronavirusning yangi mutasiyasi aniqlandi. Bu haqda bugun, 18 yanvar kuni “Munchner Merkur” gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, shifoxonadagi 73 kishi ushbu mutasiyani yuqtirgan. Ular orasida xodimlar ham, bemorlar ham bor. Ularning uchtasida shu paytgacha noma’lum koronavirus turi aniqlangan.

Tahlillar keyingi o‘rganish uchun Berlindagi Charite klinikasiga yuborilgan. Mutaxassislar haqiqatan ham mutlaqo yangi tur haqida gap ketayotganini aniqlagan, ammo ular mutasiyaning xususiyatlari nimada ekanini hali bilmaydi.

Umuman olganda, dunyoda koronavirusning 12 mingdan ortiq mutasiyasi aniqlangan. Mutaxassislarni ko‘proq yuqumliligi sabab, Buyuk Britaniyada aniqlangan shtamm tashvishga solmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан