Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniyada parlament saylovlarida ovoz berish bo‘lib o‘tmoqda
26.09.2021 22:18,  
50

Germaniyada bugun Bundestagga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Yakshanba kuni soat 08:00 da (Toshkent vaqti bilan 11:00) butun mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalari ochildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Germaniyaning 60,4 million aholisi ovoz berish huquqiga ega. Aynan ular parlamentning bo‘lajak tarkibini aniqlab berishadi. Saylovlardan so‘ng mandatlarni taqsimlash asosida Bundestagda yangi kansler rahbarligida yangi hukumat shakllantiriladi.

Kansler lavozimga Xristian-demokratik ittifoqi-Xristian-sotsial ittifoqi (XDI-XSI) siyosiy kuchidan Armin Lashet, Germaniya sotsial-demokratik partiyasidan Olaf Shols va “Yashillar” partiyasidan Annalena Berbok asosiy da’vogarlar sanalmoqda.

Bundestagdagi o‘rin uchun rekord darajadagi 6 211 nafar nomzodlar, jumladan, 2 024 nafar ayol kurash olib bormoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан