Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniyada texniklar Lukashenkoning samolyotiga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortdilar
15.10.2020 12:04,  
200

Lufthansa Technik ishchilari Gamburgga kelgan Belorus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning samolyotiga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortdilar. Bu haqda Nasha Niva xabar beradi.

Nashrning yozishicha, EW-001PAdavlat raqamiga ega Boeing 737 samolyoti 13 oktyabr kuni Fulsbyutel aeroportiga qo‘ndi. Ko‘p o‘tmay, kasaba uyushmasi uchib ketgan samolyot "Belorusda namoyishchilarga qarshi harbiy quroldan o‘q otish buyrug‘ini bergan o‘sha Lukashenkoga tegishli" ekanligi to‘g‘risida bayonot berdi.

Bundan tashqari, bayonotda ishchilarning Lukashenkoning iste’fosi, demokratik saylovlar va barcha siyosiy mahbuslarning ozod etilishi haqidagi talablari bor edi.

"Biz, Lufthansa Technik kasaba uyushma faollari, uzoq yillik xalqaro birdamlik an’analarimizni unutmaymiz va Belorus ishchilari bilan yonma-yon turamiz", deyiladi kompaniya kasaba uyushmasi xabarida.

Kasaba uyushmasi 31 yil oldin kompaniya ishchilari Ruminiya rahbari Chaushesku samolyotiga qulashidan sal oldin unga xizmat ko‘rsatishni rad etishganini eslagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан