Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniyaga yangi kansler tayinlandi
25.11.2021 10:55,  
239

Germaniyaning uchta partiyasi — Germaniya sotsial-demokratik partiyasi, «Yashillar» va «Erkin demokratlar» koalitsiya tuzishga kelishib oldilar. Bu haqda Deutsche Welle’ga tayanib, Meduza xabar bermoqda.

Germaniya sotsial-demokratik partiyasi a’zosi Olaf Shols yangi kansler etib tayinlandi. Uning saylanish jarayoni taxminan ikki hafta ichida, eng kech 8 dekabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Der Spiegel nashrining yozishicha, kanslerlikka nomzodlardan biri bo‘lgan «Yashillar» hamraisi Annalena Berbok tashqi ishlar vaziri lavozimini egallaydi.

Erkin demokratlar rahbari Kristian Lindner esa moliya vaziri bo‘lishi kutilmoqda.

63 yoshli Olaf Shols so‘nggi uch yil davomida Angela Merkel hukumatida kansler o‘rinbosari va moliya vaziri lavozimlarida ishlagan.

Germaniyada saylovlar 26-sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi. SPD, Yashillar va Erkin demokratlar o‘rtasidagi koalitsiya muzokaralari oktyabr oyi oxiridan beri o‘tkazilmoqda.

Merkel vakili bo‘lgan XDI/XII bloki 2005 yildan beri birinchi marta hukmron koalitsiyaga kirmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан