Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Geymerlar uchun barcha tugmalari «belida» joylashgan smartfon chiqdi (foto+video)
20.05.2020 14:23,  
322

Geymerlarga mo‘ljallangan barcha smartfonlarni Lenovo kompaniyasi o‘zining Legion modeli bilan yakson etishga so‘z bergan. Internetda tarqalayotgan rasmlari uning umuman o‘zgacha dizaynga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Kompaniya mazkur modelning geymerlarga maksimal darajada qulay bo‘lishi yo‘lida chindan ham zahmat chekkan.

Avvalo, Lenovo Legion uchun eng so‘nggi – Android 10 operatsion tizimi bazasida ZUI 12 nomli maxsus grafik qobiq ishlab chiqilgan. Kompaniya mazkur geymerofonini “gorizontal ekran” so‘zlari bilan reklama qilyapti.

Chindan ham, smartfon o‘yin davomida geymerning qo‘lida gorizontal holatda turishini hisobga olib, uning displeyi va interfeysini, barcha tugmachalarini va datchiklarini shunga moslab ishlab chiqishgan. Lenovo Legionʼning qo‘shaloq asosiy kamerasi va fotochaqnog‘i orqa panelning o‘rtasiga o‘rnatilgan.

Bunisi-ku mayli, gadjetning hatto selfi-kamerasi ham “qoq belida” joylashgan – uni korpusning yon qirrasidan chiquvchi mexanizmga o‘rnatishgan. Ya’ni, smartfon geymerlar qo‘liga o‘ta darajada moslangan – bunaqasini hali ko‘rmagansiz!

Blogerlar hali taqdimotdan ham avval Legionʼning insayderlar tarqatgan rasmlari va boshqa ma’lumotlarga asoslanib, uning video tavsiflarini tayyorlashmoqda. Quyida shulardan birini (ingliz tilida) ko‘rishingiz mumkin:

Lenovo avvalroq rasman ma’lum qilganidek, Legion jamlanmasida rekord darajada – 90 vattlik texnologiya bo‘yicha quvvatlovchi adapter ham mavjud. Geymerofonning 4000 mA/soatlik akkumulyatori uning yordamida atigi 15 daqiqada to‘lishini aytishmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан