Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






G‘ijduvonda xalq ta’limi mudirasi direktorlarga tahdid qilib, bolalarni masjiddan qaytarishga buyruq berdi (audio)
15.09.2020 12:14,  
1061

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani xalq ta’limi bo‘limi mudirasiga nisbat berilgan audioyozuv tarqaldi. U yerda mudiraning maktab direktorlariga tahdid qilib, bolalarni masjiddan qaytarishga safarbar etilgani anglashiladi.

«Barcha direktorlarga! O‘zingizni hududingizda masjidlar, juma namozi o‘qiladigan joylar bor. Barchangizning ma’naviyatchingiz ertalabdan, buvingiznikiga qarab emas, o‘sha masjidlarni oldida bo‘ladi va o‘sha masjidlarda bitta o‘quvchingizni ko‘radigan bo‘lsam, birortangizni kechirmayman. Siz pedagogsiz, siz uni o‘qituvchisisiz, chiroyli yo‘naltirib, to‘g‘ri tarbiyalab, o‘sha yergacha bormaslik chorasini ko‘rishingiz kerak. U yerga borgandan keyin, qaytara olmaysiz. Har biringizni shaxsan ogohlantirdim».

Yaqinda, Qurbon hayiti arafasida Ichki ishlar vazirligi maxsus bayonot berib, yurtimizda masjidlarga voyaga yetmagan fuqarolar va bolalarning o‘z ota, aka-uka va yaqin qarindoshlari hamrohligida namoz o‘qish uchun erkin kelib-ketishlari mumkinligini eslatib, bunga qonunchiligimizda hech qanday taqiqlar mavjud emasligini alohida ta’kidlagan edi.

IIV bolalarning masjidga kelishiga to‘sqinlik qilmaydi (video)


Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasi audioyozuv borasida quyidagilarni ma’lum qildi.

«Tuman mudirasi tomonidan pandemiya davrida an’anaviy shakldagi faoliyatga o‘tgan va o‘tishi rejalashtirilgan maktablar o‘quvchilarining salomatligini asrash, ularning xavfsizligini ta’minlash, odamlar gavjum bo‘lgan joylarda yurishlarining oldini olish, qolaversa, o‘quvchi-yoshlarning masjidlarga otasi, bobosi va yoshi katta yaqin qarindoshlari bilan borishi, yolg‘iz bormasligiga chaqirish maqsadida voyaga yetmagan o‘quvchi-yoshlarning salomatligini o‘ylagan holda bunday ko‘rsatma berganligi aniqlandi.

Uning bu xatti-harakatlarida mamlakatimizda belgilangan diniy erkinlik huquqlariga to‘sqinlik qilish maqsadi yo‘q, bu faqat o‘quvchi-yoshlar xavfsizligini ta’minlash uchun qilingan ehtiyotkorlik chorasi xolos» - deyiladi Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati bayonotida.

O‘zbekistondagi barcha masjidlarda karantindan so‘ng ilk jamoat namozi o‘qildi ​(video+fotojamlanma)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан