Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gimnastikachi qizlarimiz tarixiy natija qayd etishdi
18.04.2021 19:09,  
237

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining jahon kubogidagi muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi.

Qizlarimiz bugungi dasturda ham ajoyib natijalarga erishdi.

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Guruh mashqlarining 5 ta to‘p bilan o‘tkazilgan dasturida jamoamiz 40.95 ball bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kun davomida Yekaterina Pirojkova boshchiligidagi qizlarimiz 3 halqa va 2 bulavada kechgan dasturda ham o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi. Qizlarimiz mazkur dasturda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, jamoamizning ushbu yo‘nalishdagi tarixiy natijalaridan biriga erishdi. Qayd etish joiz, qizlarimiz guruh mashqlarida jahon kuboklarida hech qachon bunday muvaffaqiyatli ishtirok etishmagan edi.

Shu tariqa jamoamizning jahon kubogida qo‘lga kiritgan medallari 2 ta oltin va 1 ta kumushni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан