Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Giyohfurushlar qo‘lga olindi
7.03.2021 11:13,  
139

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2021 yil 18 fevral kuni viloyat Ichki ishlar, DXX va Milliy Gvardiya boshqarmalari xodimlari tomonidan Hazorasp tumanining “Ovshar” qishlog‘ida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan O.U.ning uyi va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu shaxs 40 dona gugurt qutilarga joylangan jami vazni 88,81 gr bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Xorazm viloyati Ichki ishlar, bojxona hamda DXX boshqarmalari xodimlari tomonidan  2021 yil 26 fevral kuni o‘tkazilgan  navbatdagi tezkor tadbirda, Urganch shahrining Xonqa ko‘chasida yo‘l bo‘yida to‘xtab turgan,  Beruniy tumanida yashovchi, 1976 y.t A.O.ga tegishli, “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida avtotransport vositasining salonida sellofan paketga qadoqlangan 26,28 gr “opiy” giyohvandlik moddasini borligi aniqlandi. Olib borilgan dastlabki surishtiruv jarayonida haydovchi ushbu giyohvand vositasini fuqaro F.A.ga 10 500 000 so‘m hamda 400 AQSh dollari evaziga qonunga xilof ravishda sotganligi ma’lum bo‘ldi.

Bugungi kunda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi va 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан