Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Global ochlik indeksida O‘zbekiston 21 o‘rinni egalladi
6.01.2022 16:35,  
359

FAO 2021 yil uchun Global ochlik indeksi reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan mamlakatlar orasida 21 o‘rinni egalladi (2020 yil — 30 o‘rin).

Belarus, Bosniya va Gersegovina hamda Braziliya reytingda eng yuqori pog‘onada bo‘lsa, eng kichik ko‘rsatkichlar Somali, Suriya va Janubiy Sudanda kuzatilmoqda.

Qo‘shnilarimizdan Qozog‘iston 28 o‘rin, Qirg‘iziston 40 o‘rin, Turkmaniston esa 48 o‘rinda.

Global ochlik indeksi to‘rtta ko‘rsatkich bo‘yicha aniqlanadi: to‘yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi; besh yoshgacha bo‘lgan vazni me’yordan past bolalar ulushi; besh yoshgacha bo‘lgan bo‘yi me’yordan past bolalar ulushi; besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘lim darajasi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан