Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Global raqobatbardoshlik reytingida Qozog‘iston 55-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston ro‘yxatga kiritilmadi
9.10.2019 12:46,  
408

Jahon iqtisodiy forumi (World Ecpnomic Forum) 2019 yilgi Global raqobatbardoshlik reytingini e’lon qildi.

Ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish faktorlari asosida jahondagi eng raqobatbardosh iqtisodiyot sifatida Singapur 84,8 ball bilan birinchi bo‘ldi. O‘tgan yilgi favorit AQSh bu yil ikiinchi o‘ringa tushdi. Gonkong (3-o‘rin), Niderlandiya (4-o‘rin) va Shveysariya (5-o‘rin) kuchli beshlikda.

Bu yilgi reytingga dunyoning 141 mamlakati kiritilgan. Hisob-kitoblar davlatlardagi iqtisodiy institutlar, infrastruktura, axborot texnologiyasini qo‘llash darajasi, makroiqtisodiy barqarorlik, aholining salomatlik darajasi, mahsulotlar bozori, mehnat bozori, moliyaviy tizim, bozorning hajmi, biznes dinamikasi va innovatsion potensial asosida amalga oshirilgan.

Hisobotni tayyorlashda 13000 dan ortiq kompaniyalar rahbarlari fikrlari ham o‘rganilgan.

Yon qo‘shnimiz Qozog‘iston bu yil reytingda 4 ta o‘rin ko‘tarilib, 62,9 ball bilan (+1,1 o‘sish) dunyo davlatlari orasida 55-bo‘ldi. Qirg‘iziston 96-o‘rinni, Tojikiston 104-o‘rinni egalladi.

Reytingga O‘zbekiston kiritilmagan. Mamlakatimiz nima uchun kiritilmagani haqida hisobotda ma’lumot berilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан